Andoza:Tanlangan maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uygʻurcha palov

Palov yoki osh — asosan turkiy va eroniy xalqlar, shuningdek Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom.

Masalligʻi va tayyorlanish uslubi boʻyicha xilma-xil turlarga boʻlinadi va har bir mamlakatda oʻzagcha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yogʻ, goʻsht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlardan tashkil topgan. Palov tayyorlanish va tarqalish boʻyicha asosan Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. Jumladan Oʻzbekistonda oʻzbekcha palov oʻzbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, toʻy-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib isteʼmol qilinadi.

Ushbu taom juda ham qadimgi taomlardan biri boʻlib, kelib chiqish payti va joyi aniqlanishi qiyin hisoblanadi. Baʼzi manbalarga koʻra, palovning tayyorlash uslubi eramizdan avvalgi II—III-asrlarda qadimgi Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolida tashkil topib kelgan. Aynan oʻsha paytda Osiyoda guruch yetishtirish ishi rivojlanishni boshlagan…

davomi...

Arxiv