Andoza:Yaxshi maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alisher Navoiy Secondary School (Isfana).JPG

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (rus. Средняя школа имени Алишера Навои; qirgʻ. Алишер Навои атындаги орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab. Maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida oʻtiladi.

Maktab 1977-yil Oktabr inqilobining 60 yilligi arafisida ochilgan. Shuning uchun boshida Oktabr 60 yilligi (rus. 60 лет Октября; qirgʻ. Октябрь 60 жылдыгы) deb atalgan. 1991-yil maktabga taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi berilgan. Maktabda tarixiy muzey boʻlib, unda 300 dan oshiq eksponat, jumladan, Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub saqlanadi.


davomi...

Arxiv