Sarvar Otamuratov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sarvar Sa'dullayevich OtamuratovOʻzbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasidan prezidentlikka nomzod[1].

Biografiyasi[tahrir]

1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Maʼlumoti — oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimini, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi. 1995-2006 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida etakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida, 2006-2009 yillarda sugʻurta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009 va 2014 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2010-2014 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2013 yilda Sarvar Otamuratov Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi etib saylangan. Uning bevosita rahbarligida partiyaning kadrlar tarkibi mustahkamlandi, hududiy partiya tashkilotlarining aholi bilan ishlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining joylarda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarish boʻyicha faoliyati kuchaytirildi. 2015 yildan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Oilali, ikki farzandi bor.

Manbalar[tahrir]